Besh oyda 12 million nafar bola 13 turdagi vaksinalar bilan emlandi — Sogʻliqni saqlash vazirligi

19:46 29 Iyun 2023 Jamiyat
992 0

Foto: Arxiv surat

Shu yil yanvar-may oylarida mamlakatimiz boʻyicha 12 mln. nafar bolada boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi 13 turdagi vaksina bilan emlash tadbirlari tashkil etildi.

Buning uchun davolash-profilaktika muassasalarining emlash punktlarida 13 turdagi yuqumli kasalliklarga qarshi vaksinalar zaxirasi yaratildi.

Jumladan:

— respublika boʻyicha 334 261 nafar goʻdak virusli gepatit V va sil kasalligiga qarshi vaksinalar bilan;

— 6 yoshdagi 354 562 nafar bola qizamiq-parotit-qizilchaga qarshi vaksina bilan;

— 9 yoshdagi 281 241 nafar qizr odam papilloma virusiga qarshi emlandi.

Shuningdek:

— 353 558 nafar bola – rotavirusga qarshi;

— 362 029 nafar oʻgʻil-qiz – pentavalent vaksinasi bilan difteriya, koʻkyoʻtal, qoqshol, xib, pnevmokokk infeksiyasiga;

— 378 538 nafar bola – KPK vaksina bilan qizamiq-parotit-qizilchaga qarshi emlash vositasini oldi.

Bundan tashqari, respublika boʻyicha 7 yoshgacha boʻlgan 3,5 mln. nafar bola oʻrtasida qizamiq-qizilchaga qarshi tegishli koʻrsatma boʻyicha ommaviy emlash tadbirlari oʻtkazildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер