Belgiyada «Omikron» shtammining yangi varianti aniqlandi
Illyustrativ foto
Belgiyaning Lyuven katolik universiteti virusologlari koronavirusning «Omikron» shtammining yangi turi aniqlanganini maʼlum qildi. “Unga COVID-19 BA.4” nomi berildi.
Qayd etilishicha, ushbu variant avval ham bir qancha mamlakatlarda topilgan. Bryussellik olimlar esa hatto uni oʻrganishga ham muvaffaq boʻlishgan.
Mutaxassislarning fikricha, virus mutatsiyalari oddiy jarayon, shuning uchun yangi variantlarning paydo boʻlishi tabiiy holat. «Omikron»ning yangi variantlarining aniqlanishi koronavirusning yangi shtammlarini paydo boʻlishi kabi qoʻrqinchli emas.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring