“Bavariya”dan yirik hisobdagi gʻalaba

11:48 12 Aprel 2026 Sport
433 0

Kecha, 11-aprel kuni futbol boʻyicha Germaniya Bundesligasining 29-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Bavariya” jamoasi safarda “Sankt-Pauli” klubi mehmoni boʻldi.

Uchrashuv “myunxenliklar”ning 5:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan dastlabki golga 9-daqiqada Jamal Musiala mualliflik qildi. Birinchi boʻlim 1:0 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi boʻlimning 53-daqiqasida Leon Goretska hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi. Oradan 1 daqiqa oʻtib Maykl Olise jamoasining uchinchi golini kiritdi.

65-daqiqada Nikolya Jekson hisobni 4:0 koʻrinishiga keltirdi. 88-daqiqada Rafael Gerreyro oʻyindagi soʻnggi golni kiritdi.

Shu tariqa bahs “Bavariya”ning yirik gʻalabasi bilan yakunlandi. Ushbu gʻalaba evaziga “myunxenliklar” turnir jadvalida 76 ochko jamgʻargan holda birinchi oʻrinni mustahkamlab oldilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер