“Barselona” magʻlub boʻldi, “Atletiko”dan gʻalaba

11:59 09 Aprel 2026 Sport
238 0

Kecha, 8-aprel kuni futbol boʻyicha Yevropa chempionlar ligasi musobaqasining chorak final oʻyinlari davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda musobaqaning amaldagi chempioni PSJ oʻz maydonida “Liverpul” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv maydon egalarining 2:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 11-daqiqada Dezire Due tomonidan ochildi. Birinchi boʻlim 1:0 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi boʻlimning 65-daqiqasida Xvicha Kvarasxeliya hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi. Shu tariqa oʻyin PSJning gʻalabasi bilan yakunlandi.

Kunning ikkinchi oʻyinida esa “Barselona” jamoasi oʻz maydonida “Atletiko Madrid” klubini qabul qildi. Uchrashuv “matraschilar”ning gʻalabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvda hisob 45-daqiqada Xulian Alvares tomonidan ochildi. Birinchi boʻlim shu hisob bilan yakunlandi.

Ikkinchi boʻlimning 70-daqiqasida Aleksandr Syorlot hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi. Shu tariqa oʻyin 2:0 hisobida yakunlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер