“Barselona” yirik hisobdagi gʻalabani qoʻlga kiritdi

11:39 12 Aprel 2026 Sport
374 0

Kecha, 11-aprel kuni futbol boʻyicha Ispaniya La Ligasining 31-turidan oʻrin olgan bahslar davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan oʻyinda “Barselona” jamoasi oʻz maydonida “Espanyol”ni qabul qildi.

Uchrashuv maydon egalarining 4:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvda hisob 9-daqiqada Ferran Torres tomonidan ochildi. 25-daqiqada Ferranning oʻzi jamoasining ikkinchi golini kiritdi. Birinchi boʻlim 1:1 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi boʻlimning 56-daqiqasida Pol Lozano hisobni bittaga qisqartirdi. 87-daqiqada Lamin Yamal, 89-daqiqada esa Markus Reshford “Barselona”ning navbatdagi gollarini kiritishdi.

Shu tariqa oʻyin Xans Flik boshchiligidagi jamoaning 4:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Ushbu gʻalabadan soʻng, “koʻk-anorranglilar” 79 ochko jamgʻargan holda musobaqa jadvalining 1-pogʻonasini mustahkamlab olishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер