Baliqchida yangi korxona ish boshladi

17:07 06 Iyul 2022 Jamiyat
622 0

Foto: Xalq so‘zi

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirishda aholining bandlik darajasini oshirish, kambagʻallikni qisqartirish, buning uchun olis, chekka manzillarda ham ishlab chiqarish va sanoat korxonalarini barpo etish borasidagi chora-tadbirlar izchil amaliy isbotini topmoqda.

Jumladan, Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi Mumtoz mahallasida «Tojmahal hakam savdo» masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonaning ishga tushishi 150 nafar kishi bandligini taʼminlash imkonini berdi. Ahamiyatli jihati, ishli boʻlganlarning asosiy qismini mahalladagi “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar tashkil etadi.

1,5 mlrd. soʻmlik loyiha asosida ish boshlagan korxona bir yilda 800 ming dona kiyim-kechak tayyorlash quvvatiga ega. Quvonarlisi, mahsulotga hozirdanoq xorijdan talabgorlar bor.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер