Baland binolarda yonuvchan materiallardan foydalanish taqiqlandi

15:11 31 Mart 2026 Hujjatlar
522 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

Adliya vazirligi “Bino va inshootlarning yongʻin xavfsizligi” shaharsozlik normalari va qoidalariga (SHNQ) oʻzgartirishlarni hisobga oldi, deb xabar bermoqda vazirlik axborot xizmati.

Joriy yilning 27-mart kuni 391 raqami bilan hisobga olingan hujjatga koʻra, balandligidan kelib chiqib binolarni pardozlashda, yonuvchanlik darajasi yuqori boʻlgan qurilish materiallaridan foydalanish boʻyicha ayrim cheklovlar belgilandi.

Qurilish materiallari yonuvchanlik darajasiga qarab 4 ta turga boʻlinadi. 28 metrgacha boʻlgan binolarning fasad qismida faqat yonuvchanlik darajasi past (2–4) materiallardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. 28 metrdan baland binolarda, balandligidan qatʼiy nazar taʼlim va tibbiyot tashkilotlarida yonuvchan materiallardan foydalanish taqiqlanadi.

Binolarning evakuatsiya yoʻllari (zinapoya, yoʻlaklar, hollar, chiqish yoʻlaklari) hamda yertoʻla va yarim yertoʻlalarda devor va shiftlarni bezashda yonuvchan materiallardan foydalanish cheklanadi.

Ushbu talablar yongʻin kelib chiqishi va tez tarqalishi xavfini kamaytirish hamda favqulodda vaziyatlarda fuqarolarning xavfsiz evakuatsiyasini taʼminlashga qaratilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер