Baxtiyor Saidov Turkmaniston elchisi Yazguli Mammedov bilan uchrashdi

14:25 14 Yanvar 2023 Siyosat
694 0

Foto: Xalq so‘zi

2023-yil 12-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Turkmanistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Yazguli Mammedovni qabul qildi.

Uchrashuv mobaynida Oʻzbekiston-Turkmaniston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Oliy darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni toʻlaligicha amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Rejalashtirilgan tadbirlar jadvali, jumladan, mamlakatlar oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligini nishonlash doirasida oʻtkaziladigan tadbirlan yuzasidan fikr almashildi.

Oʻzaro tovar ayriboshlash koʻrsatkichlarini oshirish, savdo va sanoat kooperatsiyasi sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha aniq takliflar muhokama qilindi.

Tomonlarning madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirishga tayyorligi taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер