Baxtiyor Saidov Qatar elchisi Hasan Hamza Hoshimni qabul qildi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi
Joriy yilning 7-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Qatar Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hasan Hamza Hoshimni qabul qildi.
Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi Oʻzbekiston-Qatar munosabatlarining holati hamda uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlarning BMT, IHT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Oʻzbekiston va Qatarning Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish jarayoniga koʻmaklashish va uning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklash boʻyicha birgalikdagi saʼy-harakatlarni davom ettirishga tayyorligi tasdiqlandi.
Oliy va yuqori darajadagi boʻlajak qoʻshma tadbirlar jadvali va kun tartibi boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring