Baxtiyor Saidov Oʻmon Sultonligining mamlakatimizdagi elchisi Ahmad al-Kasiriyni qabul qildi

15:13 19 Yanvar 2023 Siyosat
698 0

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

2023-yil 19-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Oʻmon Sultonligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmad al-Kasiriyni qabul qildi.

B.Saidov Elchining ikki tomonlama munosabatlar izchil rivojlanishiga qoʻshgan shaxsiy hissasini yuqori baholadi.

Elchi Oʻzbekistonda ishlagan davrida (2019-2023-yillar) respublikaning jadal taraqqiyotiga xizmat qilgan keng koʻlamli islohotlarning guvohi boʻlganini taʼkidladi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston-Oʻmon hamkorligining dolzarb masalalari, ilgari erishilgan kelishuvlar ijrosi va turli darajadagi boʻlajak uchrashuvlar jadvali muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning mavjud salohiyatidan samarali foydalanish muhimligi qayd etildi.

Elchi Oʻzbekiston tomoniga diplomatik faoliyatini amalga oshirishda koʻrsatilgan yordam va yaratilgan qulay shart-sharoitlar uchun minnatdorlik bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер