Bayram yarmarkasida otishma. Qurbonlar bor

14:12 12 Dekabr 2018 Dunyo
1475 0

Foto: Комсомольская правда

Fransiyaning Strasburg shahrida Rojdestvo yarmarkasida otishma uyushtirildi. Oqibatda uch kishi hayotdan koʻz yumdi, 12 kishi jarohatlandi.

Bu haqda TASS Fransiya IIV rahbari Kristof Kastaner maʼlumotlariga asoslanib xabar berdi. Oʻq uzgan jinoyatchini ushlash uchun 350 nafar politsiyachi, ikkita vertolyot, shuningdek, “Santinel” aksilterror operatsiyasi askarlari jalb etildi. Oʻz navbatida, mamlakat hukumati aksilterror tadbirlarini kuchaytirgan. Kastanerning aytishicha, qotil ushlangan va u 29 yoshda boʻlib, qidiruvdagi jinoyatchi ekanligi aniqlangan. Politsiya operatsiyasi chogʻida shaharda transport harakati toʻxtatilgan. Aholiga uylarini tark etmaslik va mahalliy hokimiyat rasmiylari tavsiyalariga quloq solish aytilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер