Jo Bayden Kamala Xarrisni “prezident” deb tanishtirdi — OAV
Foto: AP
AQSH rahbari Jo Bayden omma oldida chiqish paytida vitse-prezident Kamala Xarrisni “prezident” deb aytdi. Bu haqda «Fox News» telekanali xabar bermoqda.
Bayden Amerika Qoʻshma Shtatlarida emlashning muvaffaqiyati haqida gapirib «Prezident Xarris va men ...» degan.
Manbaga koʻra, AQSH rahbarining bunday “chalkashib ketishi” birinchi marta kuzatilayotgani yoʻq.
Xususan, 2020-yilning 30-dekabrda Bayden ham shunga oʻxshash xatoga yoʻl qoʻygan edi. Oʻshanda u ikkilanib, oʻz maʼmuriyatida vitse-prezident lavozimini egallashi kerak boʻlgan Kamala Xarrisni beixtiyor “mamlakatning kelajakdagi yetakchisi”, deb aytib yuborgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring