Ayollar rahbarligidagi kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan qancha investitsiyalar oʻzlashtirilgani maʼlum boʻldi
Foto: Illustrativ surat
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning 1-yanvar holatiga ayollar rahbarligidagi 2 730 ta kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan asosiy kapitalga qariyb 3 trln. soʻmlik investitsiyalar kiritilgan.
Bu koʻrsatkich 2021-yilning mos holatiga koʻra, 2,2 trln. soʻmga yoki 3,6 barobarga koʻpaygan.
Hududlar kesimida ayollar rahbarligidagi kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi (mlrd. soʻm):
— Qoroqalpogʻiston R. – 39,3;
— Andijon viloyati – 79,4;
— Buxoro viloyati – 93,4;
— Jizzax viloyati – 47;
— Qashqadaryo viloyati – 267,8;
— Navoiy viloyati – 147,6;
— Namangan viloyati – 114,4;
— Samarqand viloyati – 91,2;
— Surxondaryo viloyati – 73,3;
— Sirdaryo viloyati – 31,6;
— Toshkent viloyati – 268,4;
— Fargʻona viloyati – 103,4;
— Xorazm viloyati – 70,4;
— Toshkent shahri – 1 572,2.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring