Avtomobil oldi-sotdisi boʻyicha muammoli shartnomalarning taqdiri qanday boʻladi? — UzAuto Motors izoh berdi

18:52 12 Mart 2020 Jamiyat
1676 0

Shu kunlarda UzAuto Motors kompaniyasiga avtomobil oldi-sotdi shartnoma shartlarini belgilangan muddatda bajarmagani uchun shartnomalari bekor qilingan, yaʼni 100 foiz toʻlovni bajarmagan yuridik hamda 85 foiz oldindan toʻlovni toʻliq taqdim etmagan jismoniy shaxslardan murojaatlar kelib tusha boshladi. Bu haqda kompaniya maʼlum qilgan.

Qayd etilishicha, narxlarning soʻnggi oʻzgarishi hamda xaridorlarning sharoitini inobatga olgan holda, UzAuto Motors kompaniyasi rahbariyati tomonidan ushbu muammoni hal qilish, xususan, xaridor tomonidan shartnoma shartlari buzilganiga qaramay uni bekor qilmaslik boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda.

Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, shartnoma, boʻyicha toʻliq hajmda toʻlov amalga oshirmagan xaridorlarga avtomobil shartnomada koʻrsatilgan narx boʻyicha yetkazib beriladi.

“Shuningdek, UzAuto Motors barcha xaridorlardan shartnomani imzolashdan oldin shartnomaning barcha shartlarini sinchkovlik bilan oʻrganib chiqish va ularga qatʼiy rioya qilishni soʻraydi.

Bizni toʻgʻri tushunishingizdan umidvormiz!“ deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер