Atrof-muhitni ifloslantirgan “Toshkent IES”ga qanday chora koʻriladi
Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi Salar shaharchasida joylashgan “Toshkent IES” (issiqlik elektr stansiyasi) mutasaddilari bilsa hazil bilmasa sir qabilida ish tutishgani maʼlum boʻldi.
Ekologiya vazirligi tomonidan joriy yilning 23-31-yanvar kunlari bu yerda oʻtkazilgan tekshiruv natijalariga koʻra korxonada asosiy yoqilgʻi gaz boʻlgani holda qoʻshimcha mazutdan foydalangani aniqlandi. Natijada poytaxt yonginasida joylashgan IES korxonasi masʼullari toshkentliklarga shundoq ham yetishmayotgan toza havoni ifloslantirishga sababchi boʻlgan. Ekologiya vazirligining tekshiruv natijalariga koʻra atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun IESga 1 milliard 23 million soʻm miqdorida qoplama puli belgilangan.
IESda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha 16 banddan iborat majburiy koʻrsatmalar ham berilgan. Korxona mutasaddilariga qanday chora koʻrish natijalari xulosa hujjatlari yuborilgan sud idoralaridan kutilmoqda.
Shodiyor MUTAHAROV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring