“Atletiko Madrid” va PSJ yarim finalga yoʻl oldi
Kecha, 14-aprel kuni futbol boʻyicha Yevropa chempionlar ligasining chorak final oʻyinlari davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Barselona“ jamoasi safarda “Atletiko Madrid” mehmoni boʻldi.
Uchrashuv kataloniyaliklarning 2:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Gollarga gʻoliblardan Lamin Yamal va Ferran Torres mualliflik qildi. “Atletiko”ning javob goli esa Ademola Lukman hisobiga yozildi.
Shu tariqa “Barselona” jamoasi muhim oʻyinda gʻalaba qozongan boʻlsa-da, ikki oʻyin natijasiga koʻra 3:2 hisobida magʻlubiyatga uchradi va turnirni tark etdi.
Kunning ikkinchi oʻyinida esa musobaqaning amaldagi chempioni Fransiyaning PSJ klubi safarda “Liverpul” mehmoni boʻldi. Uchrashuv “parijliklar“ning 2:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Oʻyinda kiritilgan har ikki golga Usmon Dembele mualliflik qildi. Shu tariqa har ikki bahsda 2:0 hisobida gʻalaba qozongan PSJ jamoasi Yevropa chempionlar ligasining yarim finaliga yoʻl oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring