“Aston Villa”dan gʻalaba, “Portu”dan durang
Kecha, 9-aprel kuni futbol boʻyicha Yevropa ligasi musobaqasining chorak final oʻyinlari davom ettirildi. Kun doirasida oʻrin olgan bahsda APL vakili “Aston Villa” jamoasi Italiyada “Bolonya” mehmoni boʻldi. Uchrashuv “inglizlar”ning 3:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Oʻyinda kiritilgan gollarga gʻoliblardan Olli Uotkins (2 ta) va Ezri Konsa mualliflik qildi. Mezbonlarning yagona javob goli esa Jonatan Rou hisobiga yozildi.
Bundesliganing oʻtgan turida sal qolsa, “Bavariya”ni magʻlub etishga yaqin kelgan “Frayburg” esa Yevropa ligasi doirasida Ispaniyaning “Selta” klubini qabul qildi.
Uchrashuv mezbonlarning 3:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda Mattias Ginter, Yan-Niklas Beste va Vinchenso Grifo mualliflik qildi.
Kunning soʻnggi oʻyinida esa Portugaliyaning “Portu” jamoasi oʻz maydonida APL vakili “Nottingem Forest” klubini qabul qildi.
Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Gollarga mezbonlardan Vilyam Gomes mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona javob goli esa avtogol sifatida Martin Fernandesh hisobiga yozildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring