Asosiy eʼtibor mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilmoqda
Sirdaryo viloyatida kuz-qish mavsumiga har tomonlama munosib tayyorgarlik koʻrish va betalofat oʻtkazish maqsadida viloyat hokimligi, viloyat FVB rahbariyati va daxldor idoralar tomonidan sektorlar kesimida nazorat-profilaktika tadbirlari olib borilmoqda.
Tadbirlar davomida ijtimoiy soha obyektlarining qozonxonalar va isitish tizimlarining sozligi, ularda yaratilgan koʻmir zaxiralarining mavjudligiga alohida eʼtibor qaratilib, mavjud muammolar bartaraf etib kelinmoqda.
Shuningdek, aholi yashash xonadonlarining ham isitish mavsumiga tayyorgarligi koʻzdan kechirilib, daxldor idoralarni jalb qilgan holda kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Shu bilan bir qatorda xonadon egalariga xavfsizlik talab va qoidalari yetkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring