Ashraf Gʻani Oʻzbekiston orqali BAAga qochib ketgan

12:28 03 Oktyabr 2021 Siyosat
1324 0

Ashraf Gʻani avval xizmat vertolyoti, soʻng Qozogʻistonning FlyJET aviakompaniyasi samolyoti yordamida Afgʻonistondan Oʻzbekiston orqali BAAga qochib ketgan. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, Tolibon Kobulga kirishdan sal oldin Gʻani yordamchilari va soqchilari bilan birgalikda favqulodda holatlarda prezident va uning atrofidagilar uchun ajratilgan toʻrtta vertolyotda Kobuldan Termizga uchib ketgan. Vertolyotlar bortida jami 54 kishi boʻlgan.

Taʼkidlanishicha, Termiz aerodromida Gʻani atrofidagilar bilan atigi 31 soat vaqt oʻtkazgan. Jumladan, milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Hamdulloh Muxib, prezident maʼmuriyati rahbari Fazl Mahmud Fazli va uning rafiqasi Rulu Gʻani boʻlgan.

Manbaning qayd etishicha, 16-avgust kuni Gʻani atrofidagilar bilan birga Qozogʻistonning FlyJET aviakompaniyasi samolyotida BAAga uchib ketgan. Gʻani bilan birgalikda Temriz-Abu-Dabiga uchayotgan samolyot bortida 53 kishi boʻlgan. BAAga qoʻngach, Gʻani aeroportni tark etgan. Shundan keyin Afgʻonistonning sobiq prezidenti yoki boshqa amaldorlarni hech kim koʻrmagan, dedi sobiq davlat rahbari doirasidagi manba.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер