Asakadan Afgʻonistonga goʻsht mahsulotlari eksport qilinadi

19:08 24 Dekabr 2020 Iqtisodiyot
1265 0

Asaka tumanida parrandachilikning oʻziga xos tajriba maktabi yaratilgan. Bu yerda hatto xonadonlarda ham kichik fermalar faoliyat yuritadi. “Baraka hamkor parrandachilik” xususiy korxonasi esa oʻzining keng koʻlamligi bilan hammasidan ajralib turadi. 57 gektar maydonni egallagan fabrikada joʻjalar 4 hafta muddat ichida goʻshtga topshiriladi.

— Ichki bozorni bir kunda 20 tonna goʻsht mahsuloti bilan taʼminlamoqdamiz, — deydi korxona rahbari Shuhratbek Aliyev. — Buning uchun 300 nafar ishchilarimiz samarali mehnat qilishmoqda. Parrandalar ozuqasi uchun 400 gektar maydon ajratilgan. Adirlik sharoitida bugʻdoy va makka yetishtirilmoqda. Tez kunda granulali ozuqa ishlab chiqarish sexini ishga tushirishni rejalashtirganmiz.
Hamkorlar bilan oʻzaro kelishuvga binoan Yangi yildan boshlab fabrikada yetishtirilgan goʻsht mahsulotlari Afgʻonistonga eksport qilinadigan boʻldi.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер