“Arsenal” yirik gʻalabaga erishdi, “Liverpul” qoʻshimcha daqiqalarda magʻlubiyatdan qutilib qoldi

10:01 23 Fevral 2026 Sport
511 0

Kecha, 22-fevral kuni Angliya Premyer ligasining 27-tur bahslari davom ettirildi. Tur doirasidagi dastlabki uchrashuvda “Kristal Pelas” oʻz maydonida soʻnggi oʻrindagi “Vulverhempton”ni qabul qildi.

Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. 90+1-daqiqada mezbonlar futbolchisi Evan Gessan oʻyin taqdirini hal qilgan golni kiritdi. Shu tariqa bahs “Kristal Pelas”ning minimal gʻalabasi bilan yakunlandi.

Shuningdek, “Fulhem” jamoasi “Sanderlend” maydoniga safar qildi. Uchrashuv 3:1 hisobida mehmonlarning gʻalabasi bilan tugadi.

Gʻoliblar safida Raul Ximenes (2 ta) va Aleks Ivobi gol urdi. “Sanderlend”ning yagona javob goli esa Enso Le Fe hisobida qayd etildi.

Chempionlikdan umidini uzmagan “Liverpul” bu tur mehmonda “Nottingem Forest” bilan kuch sinashdi.

Bahsning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. 90+7-daqiqada Aleksis Mak Allister “Liverpul”ga gʻalaba keltirgan golni kiritdi. Ushbu gʻalaba evaziga jamoa turnir jadvalida oltinchi oʻringa koʻtarildi.

Turning markaziy oʻyinida “Arsenal” “Tottenhem” mehmoni boʻldi. Uchrashuv 4:1 hisobida Mikel Arteta boshchiligidagi jamoaning ishonchli gʻalabasi bilan yakunlandi.

Gʻoliblar safida Viktor Gyokeresh (2 ta) va Eberechi Eze (2 ta) dublga erishdi. “Tottenhem”ning yagona javob goli esa Randal Kolo Muani hisobida qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер