Argentina oʻrmon yongʻinlari qurshovida. Mamlakat “tilsiz yov”ga qarshi kurashish uchun xalqaro hamjamiyatdan yordam soʻradi

22:37 21 Fevral 2022 Dunyo
1616 0

Foto: mir24.tv

Argentina halokatli oʻrmon yongʻiniga dosh bera olmayapti. Shu bois mamlakat yongʻinni oʻchirish uchun xalqaro yordam soʻragan.

Taʼkidlanishicha, yongʻinni yerdan oʻchirishning iloji yoʻq. Buning uchun samolyotlar kerak. Eng qiyin vaziyat hozir Korriyentes provinsiyasida. U yerda alanga deyarli 800 ming gektar oʻrmonni vayron qilgan. Hudud ekologik halokat zonasi deb eʼlon qilindi.

Birinchi oʻrmon yongʻinlari oʻtgan oyning oʻrtalarida paydo boʻlgan edi. Olov tezda nafaqat oʻrmonlarni, balki botqoqlarni ham qopladilar. Vaziyat kuchli qurgʻoqchilik tufayli yanada ogʻirlashadi. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, oʻrmon yongʻinlari tufayli mamlakat iqtisodiyotiga 400 million dollardan koʻp zarar yetgan. 

Oldinroq, BMT ekspertlari insoniyat uchun asosiy tahdid qatoriga oʻrmon yongʻinlarini ham kiritgani haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер