Arabxona mahallasidagi yangi maktabga daraxt koʻchatlari oʻtkazildi

13:35 10 Noyabr 2023 Jamiyat
246 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Samarqand tumanidagi Arabxona mahallasi yoshlari endi yaqinda qurib bitkazilgan zamonaviy tipdagi 300 oʻrinli yangi maktabda saboq olishadi.

Mazkur taʼlim maskanining ochilish marosimida tuman hokimligi, sektor rahbarlari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Unda oʻqituvchilar, ota-onalar va nuroniylar soʻzga chiqib, yurtimizda taʼlim-tarbiyaga qaratilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrliklardan mamnun ekanligini bildirishdi.

Qayd etish kerakki, mahalladagi mazkur 9-umumtaʼlim maktabining yangi binosi 3 milliard 700 million soʻm mablagʻ evaziga qad koʻtardi. Binoda 15 ta xona mavjud boʻlib, 10 ta oʻquv xonasi, 1 ta informatika, 1 ta chet tillar xonasi oshxona va faollar zalidan iborat.

Bundan tashqari maktab hududida ochiq byudjet asosida bolalar maydonchasi, vorkout, voleybol va futbol maydonchalari ham qurib, topshirildi.

Tadbir ishtirokchilari oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi hamda “yashil makon” loyihasi doirasida yaxshi niyatlar bilan maktab hovlisiga daraxt koʻchatlari oʻtkazishdi.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер