Arab koalitsiyasi Yamandagi harbiy amaliyotlar toʻxtatilganini maʼlum qildi

03:14 30 Mart 2022 Dunyo
3408 0

Foto: AP

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi Arab koalitsiyasi qoʻmondonligi Yamandagi harbiy amaliyotlar toʻxtatilganini maʼlum qildi. Bu haqda SPA agentligi yozmoqda.

Qayd etilishicha, bu oʻzaro muzokaralar muvaffaqiyatiga yordam berishi hamda Muborak Ramazon oyida Yamanda tinchlik oʻrnatish,  xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash uchun ijobiy muhit yaratish kerak. Tinchlik sulhi 30-mart kuni soat 06:00 da boshlanadi.

Fors koʻrfazidagi arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Naif al-Hajraf Yaman mojarosida qatnashayotgan tomonlarni Yamanlararo muzokaralar chogʻida harbiy harakatlarni toʻxtatishga chaqirgan edi.

27-mart kuni Arab koalitsiyasi harbiy-havo kuchlari Yaman poytaxtiga havodan zarbalar berdi. Zarba Yamanning Al-Xudeyda, Salif va Sana aeroportlaridan, shuningdek, Hadda kvartalidan qurol-yarogʻlarni olib chiqish muddati tugaganidan keyin uyushtirildi.

“Husiylar Yaman poytaxtining ushbu diplomatik hududidan qurol-yarogʻ toʻplash va tinch aholi ortiga yashirinish uchun foydalanmoqda”, deyiladi koalitsiya bayonotida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер