AQSHning Milliy mehnat xavfsizligi va salomatligi institutini barcha xodimlari ishdan boʻshatildi
Arxiv foto
AQSH Milliy mehnat xavfsizligi va salomatligi institutining deyarli barcha xodimlari juma kuni ishdan boʻshatilgan. Bu haqda CBS telekanali ishdan boʻshatilgan amaldorlar va xodimlarga tayanib xabar tarqatdi.
Taʼkidlanishicha, ushbu institut AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazining boʻlimi hisoblanadi.
“Milliy mehnat xavfsizligi va salomatligi institutining deyarli barcha xodimlari juma kuni ishdan boʻshatildi. Bu yangi xavfsizlik vositalarini tasdiqlashdan tortib oʻt oʻchiruvchilarning sogʻligʻini himoya qilishgacha boʻlgan dasturlarning bekor qilinishiga olib keldi”, — deyiladi telekanal xabarida.
Shuningdek, yongʻin boʻlimi xodimlari tomonidan yetkazilgan jarohatlarni tekshirish boʻyicha soʻrovlar allaqachon toʻxtatilgan va Texas maktablariga qizamiq tarqalishining oldini olishga yordam berish rejasi ham bekor qilingan.
Qisqartirishlardan hamshiralar, olimlar va maʼmuriy xodimlar jabrlangan. Qisqartirishlar oʻt oʻchiruvchilar, kon ishchilariga tibbiy yordam koʻrsatish dasturlari hamda 2001-yil 11-sentyabrdagi terakt jabrdiydalariga tibbiy yordam koʻrsatish dasturlariga ham taʼsir koʻrsatgan.
Institut xodimlarining kelajagiga oydinlik kiritilmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring