AQSHga noqonuniy yoʻllar bilan ketgan 74 nafar Oʻzbekiston fuqarosi Vatanga qaytarildi
Joriy yilning 3-mart kuni AQSHga noqonuniy yoʻllar bilan ketgan 74 nafar Oʻzbekiston fuqarosi Vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ularning koʻpchiligi Meksika orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga oʻtishgan. Shuningdek, bir qancha boshqa davlatlar orqali borgan fuqarolar ham bor.
Eslatib oʻtamiz, 2023-yilning 20-dekabr kuni AQSHga noqonuniy yoʻllar bilan ketgan 119 nafar Oʻzbekiston fuqarosi Vatanga qaytarilgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring