AQSHda qor boʻroni sabab 3 milliondan ortiq aholi elektrsiz qoldi

18:38 16 Fevral 2021 Dunyo
1213 0

AQSHda qor boʻroni tufayli 3 milliondan ortiq odam elektr energiyasisiz qoldi. Bu haqda AQSH Milliy meteorologiya xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum boʻlishicha, elektrdan uzilgan aholining 2,8 milliondan ortigʻi Texasda yashaydi. Tabiiy hodisa Texasdagi simlarning yaroqsiz holga kelishiga sabab boʻldi. Shuningdek, Oregon shtatining 300 mingga yaqin aholisi elektrsiz qoldi. Bundan tashqari, boʻron tufayli Missisipi, Oklaxoma, Missuri, Arkanzas shtatlarida ham elektr energiyasi oʻchdi. Janubiy shtatlardagi sovuq havodan izolyatsiya qilinmagan suv quvurlari yorilib ketdi.

“Yaqin kunlarda harorat yana-da pasayishi mumkin”, deya ogohlantirmoqda meteorologlar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер