AQSHda xakerlar butun shaharni zaharlamoqchi boʻldi — OAV
AQSHda nomaʼlum shaxslar Florida shtati Oldsmar shahridagi suv tozalash inshootining kompyuter tizimini buzib kirib, suvda xavfli kimyoviy moddalarni koʻpaytirmoqchi boʻlishgan.
“Tampa Bay Times” nashrining yozishicha, nomaʼlum shaxslar ishchilardan birining kompyuteriga masofadan kirish huquqini qoʻlga kiritgan va gidroksid miqdorini yuzlab marta oshirishga harakat qilgan. Natijada shaharda yashovchi 15 mingdan ortiq odamda zaharlanish ehtimoli yuzaga kelgan.
Ishchilar oʻz vaqtida buni payqab qolib, gidroksid oqishini oldini olgan. Mahalliy politsiya tergovga Federal qidiruv byurosi jalb qilinishini maʼlum qilgan.
Oʻtgan yilning dekabr oyida AQSH infratuzilma obyektlariga koʻplab kiberhujumlar uyushtirilgani haqida maʼlum qilingan edi.
Kecha “Microsoft” asoschisi Bill Geyts dunyoni koronavirus pandemiyadan keyin insoniyat bioterrorizm xavfiga duch kelishi mumkinligi haqida aytib oʻtgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring