AQSHda “COVID-19” qurbonlari soni bir milliondan oshdi
Foto: AP
AQSHda “COVID-19” qurbonlari soni bir million kishidan oshdi. Ushbu mamlakat kasallikdan vafot etganlar soni boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turibdi. Bu haqda “NBC News” oʻz hisob-kitoblariga tayanib xabar bermoqda.
Telekanal xabariga koʻra, AQSHda koronavirus infeksiyasi oqibatlaridan hayotdan koʻz yumganlar soni 1,01 million kishini tashkil etmoqda. Bu Kaliforniya shtatidagi San-Xose shahri aholisi soni bilan teng koʻrsatkich hisoblanadi.
AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi maʼlumotlariga koʻra, 4-may holatiga koʻra, butun pandemiya davrida mamlakatda 993 341 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan. Oʻtgan haftada oʻrtacha kunlik oʻlim darajasi 325 kishini tashkil etgan.
Avvalroq, koronavirusning yangi “Omikron” va uning “BA.2” shtamlari AQSHda asosiy variantga aylangani, yangi mutatsiyalar infeksiya yuqtirganlarning yarmidan koʻpida (54,9 foiz) aniqlanayotgani maʼlum qilingan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring