AQSHda 5G tarmogʻi ishga tushirildi

14:11 03 Oktyabr 2018 Dunyo
1586 0
Foto: inforesist.org

“Verizon” kompaniyasi 5G tijoriy tarmogʻini ishga tushirildi.

The Verge sayti xabariga koʻra, ayni paytda mazkur tarmoqdan AQSHning bir nechta shaharlari —Texas, Indianapolis, Los-Anjeles va Sakramento aholisi “uy” internet manbasi sifatida foydalanishi mumkin. Aloqa imkoniyatlari kengaytirilgach 5G mobil internet uchun ham “ochiq” boʻladi.

Provayderi dastlabki uch oyda bepul xizmat koʻrsatadi. Keyin esa xizmat narxi “Verizon” mijozlari uchun 50, boshqa foydalanuvchilar uchun 70 AQSH dollarini tashkil etadi.

Qiziq jihati, hozir dunyoda 5G tarmogʻi formatini qoʻllab-quvvatlovchi mobil qurilmalar mavjud emas. Ammo bir qator kompaniyalar ularni chiqarishni eʼlon qilgan.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtamiz, jahonda birinchi boʻlib 5G tarmogʻi 2018 yilning iyun oyi oxirida Finlyandiyada Elisa uyali aloqa operatori tomonidan ishga tushirilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер