AQSHda 12 yoshgacha boʻlgan bolalarni ham “COVID-19”ga qarshi emlashga ruxsat berilishi kutilmoqda

16:59 16 Iyul 2021 Dunyo
834 0

Illyustrativ foto

AQSH Oziq-ovqat va dori vositalari nazorati boshqarmasi (Food and Drug Administration – FDA) joriy yil qishining boshiga yoki oʻrtalariga qadar mamlakatda 12 yoshgacha boʻlgan bolalarni ham "COVID-19“ga qarshi emlashga favqulodda ruxsatnoma berishga tayyorlanmoqda. Bu haqda ”NBC" telekanali FDA vakiliga tayanib xabar bermoqda.

Hozir AQSHda 12 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalarni favqulodda emlashga ruxsat berilgan. Ammo mamlakatda keng foydalanilayotgan vaksinalardan hech biri — na “Pfizer-BioNtech”, na “Moderna” hali bolalarda foydalanish uchun toʻliq tasdiqlanmagan.

FDA vakiliga koʻra, bu AQSH va boshqa mamlakatlarda  ota-onalarning farzandlari uchun emlash xavfsizligi toʻgʻrisidagi turli shubhalardan kechishiga yordam beradi.

Avvalroq, rossiyalik virusolog Anatoliy Altshteyn oʻsmirlarni koronavirusga qarshi emlash nafaqat ularni, balki jamiyatni ham himoya qiladigan profilaktik chora ekanini aytib oʻtgan edi.

Uning soʻzlariga koʻra, oʻsmirlar ham kattalar kabi kasallikni bir xil tashuvchilari hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер