AQSH Ummon koʻrfazida katta miqdorda oʻq-dorilar olib ketayotgan kema qoʻlga olingani maʼlum qildi

01:02 04 Dekabr 2022 Dunyo
1163 0

Foto: Reuters

AQSH harbiy-dengiz kuchlari Oʻmon koʻrfazida oʻq-dorilar va yoqilgʻi boʻlgan kemani ushlab oldi.

AQSH Harbiy-dengiz kuchlari markaziy qoʻmondonligi Ummon koʻrfazida bortida oʻq-dorilar va raketa yoqilgʻisi topilgan kema qoʻlga olingani haqida xabar berdi. Bu haqda AQSH Mudofaa vazirligining vizual axborotni tarqatish xizmati saytida aytilgan.

“1-dekabr kuni AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy-dengiz kuchlari Oʻmon koʻrfazida Erondan Yamanga 50 tonnadan ortiq oʻq-dorilar, raketa yoqilgʻisi olib ketayotgan baliqchi kemani tutib oldi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bu bir oy ichida ushbu hududda noqonuniy olib oʻtilgan qurol-yarogʻlarning yirik hajmdagi musodara qilinishi bilan bogʻliq ikkinchi holatdir. Vitse-admiral Bred Kuperning soʻzlariga koʻra, ushbu voqea Eronning halokatli qurollarni noqonuniy tashish va beqarorlashtiruvchi xatti-harakatlari davom etayotganini yaqqol koʻrsatib turibdi.

Nashr shuningdek, Yamandagi husiylarga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita qurol yetkazib berish, sotish yoki tashish BMT Xavfsizlik Kengashining 2216-rezolyutsiyasi va xalqaro huquqni buzishini taʼkidlaydi.

Yamanda fuqarolar urushi 2014-yildan beri davom etmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi 2015-yil aprel oyida mamlakatdagi vaziyat boʻyicha 2216-sonli rezolyutsiyani qabul qildi. Unda husiy isyonchilarga qurol yetkazib berishni taqiqlash nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер