AQSH islom davlatlarining chaqiriqlariga qaramay Isroilga qurol yetkazib berishda davom etadi
Foto: Reuters
AQSH Islom davlatlarining chaqiriqlariga qaramay Isroilga qurol yetkazib berishda davom etadi. Bu fikrlarni AQSH Davlat departamenti matbuot xizmati xodimi Metyu Miller aytib oʻtdi.
“Yoʻq. Bu biz tayyor boʻlmagan qadamdir”, — dedi u. Miller, shuningdek, AQSH Kongressi hozirda Isroil va Ukrainaga qoʻshimcha yordam soʻrovini koʻrib chiqayotganiga aniqlik kiritdi.
Avvalroq, AQSH Kongressi prezident Jo Bayden maʼmuriyatining Ukraina va Isroilga yordam soʻrovini yil oxirigacha maʼqullashni rejalashtirayotgani maʼlum boʻlgan edi.
Yaqin Sharqdagi vaziyat 7 oktabr kuni Gʻazo sektoridan Isroilga Falastinning HAMAS harakati jangarilarining kirib kelishi, Isroil bilan chegaradosh hududlar aholisining oʻldirilishi va 200 nafardan ortiq, jumladan, bolalar, ayollar va qariyalarning garovga olin olinishi bilan birga keskin yomonlashdi.
HAMAS hujumni Isroilning Quddusdagi Al-Aqso masjidiga qarshi harakatlariga javob deb atadi.
Shundan soʻng Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat urush holatida ekanligini eʼlon qildi. Mamlakat mudofaa kuchlarining javob operatsiyasi “Temir qilichlar” deb ataldi va uning maqsadi HAMASni yoʻq qilish hisoblanadi.
Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, Isroil tomonida 1,4 mingdan ortiq odam mojaro qurboni boʻlgan, 5,2 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.
Isroilning Gʻazoga bergan zarbalari natijasida, anklav Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 7 mingdan ortiq falastinlik halok boʻlgan va qariyb 18,5 ming kishi yaralangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring