AQSH Falastin davlatini yaratish boʻyicha aniq choralarni qoʻllab-quvvatlaydi

19:55 10 Yanvar 2024 Dunyo
418 0

Foto: Reuters

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken chorshanba kuni Iordaniyaning Gʻarbiy sohilida Falastin maʼmuriyati rahbari Mahmud Abbos bilan muzokaralar oʻtkazdi. Muloqotda Vashington Falastin davlatini yaratish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi.

Manbaga koʻra, Blinken “Vashingtonning Isroil qoʻshnisida tinchlik va xavfsizlikda yashayotgan Falastin davlatini yaratish zarurligi, shuningdek, buning uchun aniq chora-tadbirlarni qoʻllab-quvvatlash borasidagi qatʼiy pozitsiyasini tasdiqlagan”.

Blinkenning tashrifi Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu va uning harbiy vazirlar mahkamasi bilan Isroilning Falastinning Gʻazo sektoridagi harbiy harakatlaridagi oʻzgarishlar, mintaqadagi keskinlik va Isroil — Falastin mojarosining kelajagi haqida suhbatdan bir kun oʻtib amalga oshirildi.

Blinken Isroilga kelishidan oldin Vashingtonning arab ittifoqchilariga ham tashrif buyurgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер