AQSH Eron portlari muvaffaqiyatli blokada qilinganini maʼlum qildi

11:58 15 Aprel 2026 Dunyo
231 0

AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy qoʻmondonligi rahbari, admiral Bred Kuper Amerika harbiylari Eron portlarini muvaffaqiyatli blokada qilishga erishganini maʼlum qildi. Bu haqda X ijtimoiy tarmogʻida tegishli post eʼlon qilindi.

“AQSH Qurolli Kuchlari Yaqin Sharqda dengiz ustunligiga erishgani sababli, Eron portlarining blokadasi muvaffaqiyatli oʻrnatildi”, — deyiladi xabarda.

Kuperning taʼkidlashicha, AQSH soʻnggi 36 soat ichida Eronning dengiz orqali amalga oshiriladigan savdo aloqalarini toʻxtatishga muvaffaq boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, Qoʻshma Shtatlar 13-apreldan boshlab Eronga nisbatan dengiz blokadasini joriy qilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер