AQSH 2024-yil uchun neft narxlari boʻyicha prognozni keskin pasaytirdi

21:06 09 Yanvar 2024 Dunyo
462 0

Foto: Shutterstock

“Bank of America” 2024-yilda neft narxlari prognozini bir barrel uchun 90 dollardan 80 dollarga tushirdi.

“Bank of America” tahlilchilari Shimoliy dengizning “Brent” nefti narxi prognozini bir barrel uchun 90 dollardan 80 dollargacha pasaytirdi. Bu haqda “BofA Global Research” kompaniyasining global tovarlar va derivativlar boʻlimi rahbari Fransisko Blansh maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, neft bahosi prognozini pasaytirishga unga talabning kamaygani va AQSHda ishlab chiqarish, shuningdek, Erondan yetkazib berishning sezilarli oshgani, shu bilan birga Venesuela bozorining tezda kuchaygani sabab boʻlgan.

Bu neft uchun eng ijobiy prognozlardan biri hisoblanadi. Vaholanki, “Morgan Stanley” “Brent” neftining barrelini 77, “Citigroup” 75, “Goldman Sachs” esa 81 dollarga baholamoqda.

Shu tariqa dushanba kuniga kelib “Brent” neftining bir barrelini narxi 76 dollardan pastga tushdi.

Oldinroq, Saudiya Arabistonining “Saudi Aramco” davlat kompaniyasi talabning kamayishi fonida sayyoramizning barcha mintaqalarida fevral oyida yetkazib beriladigan “Arab Light” nefti narxini pasaytirgandi. Unga koʻra, Osiyo bozorlariga yetkazib berish narxi bir barrel uchun 1,5-2 dollar atrofida tushirildi. Shuningdek, fevral oyida Shimoliy-Gʻarbiy Yevropa, Oʻrta Yer dengizi va Shimoliy Amerika mamlakatlari uchun neft yetkazib berish narxi ham pasaytirilgan. Ushbu qaror ham ham neft narxini arzonlashishiga olib kelgan.

London ICE birjasida esa soʻnggi savdolarda “Brent” neftining bir barreli 77,73 dollardan sotildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер