Aprel oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,8 % ga oshgan

14:46 01 May 2023 Iqtisodiyot
892 0

Illyustrativ foto

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning aprel oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,8 % ga oshgan. 

Iste’mol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 11 % ga yetdi. 

2023 yilning aprel oyida narxlar va tariflar o‘sishida yetakchi o‘rinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ularning narxlari o‘rtacha 1,2 foizga oshgan.

Shu davrda nooziq-ovqat tovarlari narxlari va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish 0,5 foizga oshgani kuzatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер