Anqara shahrida Oʻzbekistonning boy madaniy merosi va turizm salohiyatiga bagʻishlangan maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

19:14 13 Dekabr 2023 Jamiyat
392 0

Mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi tomonidan Anqara shahrida Oʻzbekistonning turizm salohiyati va milliy qadriyatlarimizga bagʻishlangan maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Oʻzbekistonda ijtimoiy-siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy va sayyohlik sohalarida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar hamda ularning samarali natijalari haqidagi muhim maʼlumotlar ishtirokchilar eʼtiboriga taqdim etildi. Shuningdek, mamlakatimizning turizm salohiyati, sohani qoʻllab-quvvatlash, xorijiy turistlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, sayyohlar oqimini oshirish borasidagi chora-tadbirlar taʼkidlandi.

Oʻzbekiston Konstitutsiyasi va Davlat madhiyasining xalqimiz hayotida tutgan oʻrni, xususan yoshlarni milliy gʻoyalarga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatiga alohida eʼtibor qaratildi.

Tadbir yakunida uning ishtirokchilarga oʻzbek milliy taomlari ulashildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер