Anginani qachon oldirish kerak?
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Sanjar Mavlonov, Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori.
Bodomsimon bezlar yalligʻlanishi yuqumli kasallik boʻlib, uni ogʻiz boʻshligʻi yoki tashqi muhitdan tushgan turli mikroblar chaqirishi mumkin. Bular:
— viruslar;
— bakterial infeksiyalar.
Kuchli tomoq ogʻrigʻi, qurishi, yuqori tana harorati xastalik belgilaridir.
Bodomsimon bezlar yalligʻlanishi asoratlari bilan xavfli hisoblanadi. Unga oʻz vaqtida eʼtibor bermaslik jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Yaqin yillargacha anginadan faqat uni olib tashlash orqaligina qutilish mumkin, deb hisoblanardi. Biroq bugunga kelib konservativ davolash usullari orqali ham bu kasallikdan xalos boʻlish mumkin. Biroq xastalik surunkali tusga kirsa, yaʼni:
— kuchli yiringlash, ogʻriq, yuqori isitma kuzatilsa;
— har 3-6 haftada, yiliga 7-martadan koʻp qaytalansa;
— yiringli jarayonlar rivojlansa;
— bezlar kattalashib, nafas olish qiyinlashsa;
— konservativ davo samara bermasa;
— yurak, buyrak va boʻgʻimlarda asoratlar kuzatilsa, anginani jarrohlik yoʻli bilan olib tashlash tavsiya etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring