Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi
Foto: Andijon FVB
Andijon viloyatida “Zil” rusumli yuk transport vositasi yonib chiqdi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa kecha, 19-mart kuni soat 22:00 lar atrofida Asaka tumani “Navoiy” MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan.
1994-yilda tugʻilgan haydovchi U.Sh. oʻzining boshqaruvida boʻlgan “Zil-130” rusumli yuk transport vositasini “A-373 Toshkent-Oʻsh yoʻlining Shahrixon” yoʻnalishi boʻylab boshqarib ketayotgan vaqtida transport vositasining elektr simlaridan chiqqan qisqa tutashuvi sabab yuk mashinasida yongʻin yuzaga kelgan.
Yongʻin FVB Oltinkoʻl tuman boʻlimi xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yoʻq.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Asaka tumani FVB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring