Andijonda yana bir xalqaro mehmonxona ish boshladi

16:40 28 Dekabr 2022 Jamiyat
828 0

Foto: Xalq so‘zi

Andijon shahrida sayyohlik salohiyatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan “Andijon” xalqaro mehmonxonasi ish boshladi. Unda xorijlik sayyohlarga jahon talablari darajasida xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi.

— Dunyoning yigirmadan ziyod mamlakatlarida xizmat safarida boʻlganman, — deydi rossiyalik ishbilarmon Abdulatif Nazarov. — Har bir davlatdagi mehmonxonalarning xizmat koʻrsatish uslubi turlicha. Bu boradagi tajribamdan kelib chiqib ayta olamanki, Andijondagi ushbu yangi mehmonxona zamonaviy mezonlarga toʻla javob beradi. Bu yerda Sogʻlomlashtirish markazi, basseyn, sauna, restoran va boshqa xizmat koʻrsatish turlari mavjud. Qolaversa, ming oʻrinli tantanalar saroyidan mahalliy aholi ham bemalol foydalanishi rejalashtirilgan. Umid qilamanki, bu manzil xorijiy mehmonlarning Andijondagi doimiy turargohiga aylanadi.

“Agrotour technovation” MCHJ tomonidan 6,5 mln. dollar mablagʻ hisobiga qad rostlagan mehmonxona 203 oʻringa moʻljallangan boʻlib, 70 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер