Andijonda un taqchilligiga barham berilmoqda

13:14 20 Aprel 2020 Jamiyat
862 0

Rustamjon ESHONOV olgan suratlar

Andijon viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-aprel kungi yigʻilish bayonidan kelib chiqib, davlat resurslaridan ajratiladigan un hajmlarini vaqtinchalik tartib asosida chakana savdo, qolipli non ishlab chiqaruvchi, ijtimoiy soha muassasalari, qayta ishlovchi va makaron ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida xarid qilinishi va isteʼmolchilarga kafolatli yetkazib berilishi toʻliq nazoratga olindi. Natijada“Asakadon”, “Andijondonmahsulotlari” va “Qoʻrgʻontepadon-mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatlaridan xarid qilingan 154,4 tonna un mahsulotlari mahalla fuqarolar yigʻinlari orqali aholiga sotilishi taʼminlandi.

Rustamjon ESHONOV olgan suratlar

-Bundan xalqimiz juda minnatdor,-deydi Qoʻrgʻontpepa tumanidagi Gʻayrat MFYda istiqomat qiluvchi mehnat faxriysi SharofatxonKarimova. –Endi un taqchilligi kuzatilmaydi, karantin paytida soatlab navbat kutishlarga hojat yoʻq. Har kim oʻziga tegishli boʻlgan unni qulay paytda xarid qilishi mumkin.

Shuningdek, mutasaddi idoralar vakillari tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtmasdan asosiy turdagi mahsulotlar narxlarini sunʼiy oshirib sotayotgan 86 nafar fuqarolarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar tuzilib, ulardan 70,3 mln. soʻmlik mahsulot musodara qilindi.

Rustamjon ESHONOV olgan suratlar

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер