Andijonda talabalar yangi uyga koʻchib oʻtdilar
Foto: «Халқ сўзи»
Andijon viloyatidagi mavjud oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan 10 ming nafarga yaqin yoshlarning yashash sharoiti oʻrganilganida ularning 1 ming 800 nafarida turar joy muammosi borligi aniqlandi. Viloyat hokimligi tomonidan bu masalani ijobiy hal etish choralari koʻrilmoqda. Jumladan, Andijon davlat tibbiyot institutida 400 oʻrinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.
— Shu paytgacha ijara uyda yashadim, — deydi talaba Isfandiyor Oripov. — Talabalar uyiga koʻchib oʻtganimdan soʻng vaqtimdan ham, naqdimdan ham tejayapman. Eng quvonarlisi, bu yerdagi hamma sharoit talabalarga moslashtirilgan. Yaʼni boʻsh paytimizda kitob oʻqishimiz, maʼnaviy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrishimiz, sport bilan shugʻullanishimiz mumkin. Besh qavatli yangi binoning birinchi qavatida qandolat va tikuv sexlari ham tashkil etilgan boʻlib, ularda talabalar ishlab, daromad topish imkoniga egalar.
Shu kungacha yotoqxonaga ehtiyoji bor talabalarning 1 ming 464 nafari yangi barpo etilgan turar joylarga koʻchib oʻtdilar.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring