Andijonda pilla yetishtirish mavsumi boshlandi
Pillachilik sohasida yangi maktab yaratishga kirishgan andijonlik pillakorlar bu yilgi mavsumni boshlab oldilar. Misol uchun, Oltinkoʻl tumanida 3 ming 237 quti ipak qurti parvarishga olindi. Ular yordamida joriy yilda 181 tonnadan ziyod “kumush tola” yetishtirish koʻzda tutilgan.
— Keyingi yillarda pillakorlarga ham yaxshi sharoitlar yaratilyapti, — deydi kasanachi Zulxumor Ahmadjonova. — Avvallari qurt boqsak, ozgina mablagʻu, oʻtin-choʻpga umid qilardik. Hozirga kelib har bir qurt boquvchiga mehnat daftarchasi ochilgan. Ozuqa uchun zaxira maydonlari tashkil etilgan. Qilgan mehnatimizga afsuslanmaydigan zamonlar keldi.
Tumanda shu kunlarda 2 ming 600 nafar qurt boquvchilar faoliyat yurityapti.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring