Andijonda fuqarolarga haydovchilik huquqini beruvchi guvohnomalarni olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.B. fuqaro N.ni aldab, unga oʻzining Qoʻrgʻontepa tuman YHXBda ishlovchi tanishlari orqali qisqa muddatda oʻqishga bormasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishni vaʼda qilib, evaziga 5 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Xuddi shunday, Departamentning Oʻrtachirchiq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.M. fuqaro A.dan unga qishloq xoʻjaligi texnika vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani oʻquv kurslarida qatnashmasdan turib, goʻyoki oʻzining «Agroinspeksiya»da ishlovchi tanishi orqali olib berish evaziga 2,3 mln soʻmni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring