Andijonda doʻkon egasi ishchi qizni “samosud” qildi
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida ayol kishi boshqa bir ayolga nisbatan jismoniy kuch ishlatib, zoʻravonlik qilgani, shuningdek uning sochini kesishga uringani aks etgan videolar tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Maʼlum boʻlishicha, 2024-yilning 15-dekabr kuni Andijon shahri Hunarmand mahallasida joylashgan kiyim savdosi bilan shugʻullanuvchi doʻkon egasi A.P. qoʻl ostida sotuvchi boʻlib ishlovchi 20 yoshli S.S.ni oʻzaro qarz oldi berdi masalasi ortidan “samosud” qilgan.
Aniqlanishicha, jabrlanuvchi oʻziga boʻlgan tazyiq va zoʻravonlik holati yuzasidan ilgari Ichki ishlar organlariga yoki yaqinlariga xabar bermagan.
Andijon viloyati prokuraturasi xabariga koʻra, hozirda ushbu holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat kodeksining 138-moddasi 2-qismi (Zoʻrlik ishlatib gʻayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, fuqaro A.P. protsessual tartibda ushlangan.
“Tergov ishi Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring