Andijonda 29 yoshli shaxs 400 mln soʻmlik tilla buyumlar bilan ushlandi
Foto: DXX
Andijon viloyatida Qirgʻizistondan 400 mln soʻmlik tilla buyumlar olib oʻtgan shaxs ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Andijon shahrida yashovchi, 29 yoshli fuqaro Qirgʻizistondan “Doʻstlik” xalqaro nazorat oʻtkazish punkti orqali kirib kelgan vaqtida toʻxtatilib tekshirilgan. Natijada uning yonidan bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilmagan, taxminiy bahosi 400 mln soʻmlik 241 gr tilla buyumlar topilgan.
Aniqlanishicha, ushbu zargarlik mahsulotlari sotish maqsadida Turkiya davlatidan Qirgʻiziston orqali olib kelinayotgan boʻlgan.
Hozirda olingan ashyoviy dalillarga nisbatan ekspertiza tayinlanib, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring