Andijon yangi taraqqiyot sari qadam qoʻyadi
Prezidentimizning Andijon viloyatiga bu yilgi tashrifi davomida ham andijonliklar uchun koʻplab yangi investitsion loyihalarga start berildi. Buning natijasida andijonlik fuqarolarimiz uchun 60 mingdan ziyod ish oʻrni yaratilib, ushbu loyihalarga 100 ming dollar yoʻnaltiriladi.
Maʼlumki, Andijon viloyatida aholi zich, yer esa cheklangan. Bugungi kunda 1 kv/m maydonga 630-650 kishiga toʻgʻri keladi. Bir xonadonda bir necha kelinlarimiz qaynona-qaynotalari bilan yashaydi. Tashrif davomida yurtboshimiz ushbu muammoga yechim topib, Andijon tumanida yangi Oʻzbekistonning Yangi Andijon shahriga tamal toshi qoʻydi. 4 ming gektar maydonning 2 ming gektariga 130 mingdan ortiq xonadonli koʻp qavatli uy-joylar quriladi, ushbu uylarda 450 mingdan ziyod aholi yashaydi. Qolgan shuncha qismida esa, yashil hudud barpo etiladi.
Yangi Andijon loyihasi – aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish bilan birga, ulkan qurilish va bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish orqali, viloyatni rivojlantirish boʻyicha yangi “drayver” boʻladi. Jumladan, qurilish materiallari, elektrotexnika, mebelsozlik, toʻqimachilik, polister, sunʼiy tola ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish kabi yoʻnalishlarda koʻplab yangi loyihalarni amalga oshirish uchun imkoniyat yaratiladi.
Andijon viloyatdagi yoʻllarni taʼmirlash uchun 450 mlrd. soʻm mablagʻ ajratiladi. Shuningdek, Andijon viloyati avtomobilsozlik sanoatida yetarli tajribaga ega. Endi shiddat bilan ilgarilayotgan zamon bilan hamnafas ravishda, Andijonda quriladigan zavodda xalqimiz uchun xavfsiz elektromobillar ishlab chiqariladi. Viloyatda metallurgiya zavodi qurilishi loyihasini tayyorlash toʻgʻrisidagi topshiriq esa, andijonliklar uchun kutilmagan yangilik boʻldi.
Andijon viloyati ham yurtimizdagi boshqa viloyatlar kabi rivojlanishda davom etadi. Bugungi kunda yangi innovatsion issiqxonalar, gulxonalarni koʻrib koʻzingiz quvnaydi. Yuqoridagi ishlarning amalga oshirilishi esa, Andijon viloyatining yana-da ravnaq topishiga xizmat qiladi.
Dilbar MAMADJANOVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
OʻzXDP fraksiyasi aʼzosi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring