Andijon viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi
Sattarov Davronbek Xasanboyevich viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Davronbek Sattarov tayinlovga qadar Paxtaobod tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari vazifasida faoliyat olib bordi.
Eslatib oʻtamiz, Andijon viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida 2021-yil may oyidan buyon Azizxon Mahsumov ishlab kelayotgandi.
Avvalroq, Surxondaryo viloyati Qiziriq tumaniga yangi hokim tayinlangandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring