“Amerikaliklar buni istamaydi”: Nyu-York meri Erondagi vaziyat haqida fikr bildirdi

00:34 01 Mart 2026 Dunyo
1032 0

Nyu-York meri Zohran Mamdani AQSH va Isroil tomonidan Eronga qarshi amalga oshirilgan harbiy zarbalarni keskin qoraladi. U bu haqida oʻzining “X”dagi sahifasida yozib qoldirdi.

Mamdanining taʼkidlashicha, Eronga qilinayotgan hujumlar tajovuzkor xarakterga ega boʻlib, halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

“Amerikaliklar bunday urushni istamaydi. Ular rejimni oʻzgartirish bahonasida olib boriladigan navbatdagi harbiy mojaroni xohlamaydi. Aholi urushni emas, balki iqtisodiy inqirozning tezroq hal qilinishini hamda tinchlikni istashadi”, — deydi Nyu-York meri.

Shuningdek u, shaharlarning bombardimon qilinishi, tinch aholining halok boʻlishi va urushning yangi hududlarga koʻchishi mintaqada beqarorlikni yanada kuchaytirishini ham qoʻshimcha qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер